AQŞning Massaçusets ştati plyajlaridan birida topilgan uç metrlik katta oq akula politsiyalarni ham, biologlarni ham öylantirib qöydi: uşbu akula tanasining yarmi qizil rangda bölgan. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Voqea joyiga kelgan politsiyaçilar akulaning nobud bölişi sababini aniqlay olmagaç, olimlarni çaqirtirişgan. Olimlar akulani yorib, uning oşqozonida bir neçta qörğoşin yukçalarni topişgan.

Biroq bu akula terisining noodatiy rangdaligiga oydinlik kiritmagan. Biologlar akula tanasining pastki qismi va tumşuği qizil rangdaligining sababini tuşuntirib berişa olmagan.

Akula terisi va içki organlari namunalari oq akulalarni örganiş markaziga topşirilgan. Olimlar vaqti kelib buning sababini aniqlaşga umid qilişmoqda.

















