Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtoturargohlar ish faoliyatini takomillashtirish taklif etildi
Foto: RIA Novosti
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtoturargohlar ish faoliyatini takomillashtirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Bozorlar hududi yoki yon-atrofidagi avtoturargohlardagi narx-navoni belgilash hamda ulardagi javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish kerak.
“Masalan, Navoiy shahridagi bozorlardagi avtoturargohlarda narx 1500 so‘m etib belgilangan. Menimcha bu ko‘p va bu holat respublikamizning barcha joylarida ham uchrashi tabiiy hol. Misol uchun, men shaxsiy avtomashinam bilan avtoturargohga kirib oilamni qoldirib, 10 daqiqa ham turmasdan chiqib ketdim. Menimcha bu summani soatga bo‘lib chiqish kerak. Deylik, bir soati aniq bir summa. Undan tashqari, avtoturargohda “Avtoturargoh ma'muriyati avtomashina hamda undagi jihozlar uchun javobgar emas” deb yozilgan yozuvni ko‘ramiz. Unda biz, fuqarolar nima uchun ularga pul to‘layapmiz? Axir har bir avtoturargohda kamida 2-3 kishi ishlaydi”, - deyiladi murojaatda.
“Mening fikrimcha, avtoturargohlarda avtotransportni qoldirish uchun belgilangan summani qayta ko‘rib chiqish, javobgarlikni oshirish, to‘lov terminallari va videokuzatuv kameralarini o‘rnatish kerak”, - deb yozgan petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025