Sport | 20:00 / 27.08.2018
22143
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Madrimov raqibga imkoniyat qoldirmadi

O‘zbekiston boks jamoasining navbatdagi vakili Osiyo o‘yinlarida chorak finalga yo‘l oldi.

-75 kg vazn toifasidagi Isroil Madrimov mo‘g‘ulistonlik Davasuren Davanyam bilan ringga chiqib, mutlaq ustunlikka erishdi.

Hakamlar Madrimovning 5:0 (30:26, 30:25, 30:26, 30:24, 30:26) hisobidagi ustunligini qayd etishdi.

Uning chorak finaldagi raqibi eronlik Sayidshahin Musaviy bo‘ladi.

Shu tariqa, bugungi janglarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi keyingi bosqichga yo‘l oldi: -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov, -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov va -64 kg vazn toifasida turnirga kelgan Iqboljon Xoldorov chorak finalda ishtirok etadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid