Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyani egish». Lukashenko bayonot bilan chiqdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat G‘arb tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalardan foyda olishga harakat qilayotgani haqidagi taxminlarni «ahmoqlik» deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u sanksiyalar masalasida «sichqon o‘yin o‘ynamaydi», Belarus esa Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiya cheklovlaridan «hech narsa ololmaydi».
«Bu yerda hech qanday yashirin oqimlar yo‘q - zaiflashib qolgani yoki zaiflashayotgani yoxud yomon holatda bo‘lgani uchun Rossiyani egish lozim emas», - deya ma'lum qildi Lukashenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday yondashuv hech qachon bo‘lmagan. Belarus yetakchisining ta'kidlashicha, bunday pozitsiya «butunlay ahmoqlik» bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Belarus hech qanday davlatning «vassali» bo‘lmasligini bildirgandi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026