Light | 22:32 / 27.08.2018
27290
3 daqiqa o‘qiladi

Tongda qahva ichish kerakmi?

Foto: Pexels

Ko‘pchiligimiz uchun tong bir finjon qahva bilan boshlanishi aniq. Ichimlik uyg‘onish va tetiklanishga yordam beradi, deb hisoblanadi. Axir uyg‘ongandan keyin aynan shu narsa kerak-da. Biroq bu aslida ham  shundaymi? Keling, birgalikda oydinlik kiritamiz.

Aslida, ko‘plab olimlar va tadqiqotchilar uyg‘ongach, darhol qahva ichmaslik, uni soat o‘n ikkiga yaqin iste'mol qilgan ma'qul (tushlikdan keyin bo‘lsa yana yaxshi) degan fikrni qo‘llab-quvvatlashadi. Bu kortizol gormoni bilan bog‘liq.

Tungi uyqudan keyin uning qondagi miqdori yuqori. Kortizol – nafaqat zo‘riqish, balki sirkad suratlari gormoni hamdir. Aynan uning qondagi miqdori biz faol yoki uxlashni istashimizni belgilaydi. U faolligimizning tabiiy uyg‘otuvchisi sanaladi.

Kofein haqiqatan ham tetiklantiradi. Biroq agar qahvani erta tongda ichsak, qondagi «tetiklik gormoni» miqdori shusiz ham yuqori bo‘lgan bir paytda organizm kortizol sabab kuchning tabiiy oqimini ichimlik tufayli sun'iysiga almashtiradi.

Buning natijasi achinarli. Birinchidan, sizda tobelik rivojlanadi. Chunki tashqi stimulyatorga o‘rgangan organizm kamroq kortizol ishlab chiqaradi. O‘zingizni ko‘proq holsiz his etasiz. Natijada ko‘proq qahva ichishni istaysiz. Biroq bu ham samarali bo‘lmaydi. Chunki tez orada organizmingiz ilgarigi kabi qahva stimulyatoriga reaksiya qilmay qo‘yadi.

Demak, organizmda kortizol yuqori bo‘lgan vaqtni aniqlaymiz. Birinchi oraliq: soat 6 dan 10 gacha. Ikkinchi: 12 dan 14 gacha. Demak, qahva ichish uchun eng yaxshi vaqt: soat 10 dan 12 gacha va 14 dan 17 gacha. Soat 17 dan keyin qahva tungi uyquga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Qahva  - a'lo darajadagi tabiiy stimulyator. Shunga qaramay, bari  o‘z o‘rnida bo‘lgani ma'qul. Bu ichimlikni juda ko‘p ichish (hatto tavsiya etilgan soatlarda ham) salomatlik uchun yaxshi bo‘lmaydi. Albatta, o‘sha zahoti kuch va tetiklikka  ega bo‘lishingiz mumkin. Biroq bu  tunda uxlolmay, uyqusizlikdan aziyat  chekishga arziydimi?

Mavzuga oid