Light | 19:25 / 27.08.2018
54633
3 daqiqa o‘qiladi

Voz kechishingiz shart bo‘lgan 4 ta keraksiz odat

Kuz fasli kelishiga juda oz qoldi. Yilning yangi fasli – baxtli hayotga xalaqit qiladigan eski odatlardan xalos bo‘lib, yangilarini joriy etish uchun ajoyib bahona. Nimalarni ortda qoldirgan ma'qul ekani haqida so‘zlaymiz.

Foto: Unsplash

O‘zingizni instagramdagi odamlar bilan taqqoslashni bas qiling

Ba'zida ijtimoiy tarmoq lentasini ko‘zdan kechirib, ko‘z yosh to‘kmaslik imkonsiz. Ayrim kishilar Balida o‘ninchi marta dam olishmoqda, boshqalari uyda o‘tirib, oyiga juda katta daromad topishyapti. Istasang-istamasang, menda nimadir noto‘g‘ri deb o‘ylaysan. Bu esa bizning eng zararli odatlarimizdan. Birinchidan, siz ular ko‘rsatishni istagan narsanigina ko‘ryapsiz. Ikkinchidan, ularning yutuqlari biroz bo‘rttirilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. O‘zingizni kechagi o‘zingiz bilangina solishtiring va yaxshi tomonga o‘zgargan-o‘zgarmaganligingizni o‘ylang.

Foto: Unsplash

Vaqtni besamar ketkazishga xizmat qiladigan saytlarga kirmang

Vaqt – eng qimmatli resurs. Bu resursni ijtimoiy tarmoqlar, ko‘ngilochar saytlarda bekorga sarflash eng yomon variant. So‘zsiz, og‘ir ish kunidan keyin dam olish va miyani yengil biror narsa bilan band qilish istagi paydo bo‘ladi. Biroq vaqtni aql bilan sarflashingiz kerakligini unutmang. Eng qo‘rqinchlisi – kechki soat besh bo‘lishiga qaramay, hech qanday ish bajarilmagan. Kuningizni kulgili videolar tomosha qilib o‘tkazib yubordingiz.

Foto: Unsplash

Bir vaqtning o‘zida bir necha ishni bajarmang

O‘n yil ilgari multitasking (ko‘p vazifalilik aynan shunday nomlanadi) rezyumedagi shubhasiz ijobiy jihat sifatida qaralgan. Bugun esa olimlar uning unumsiz ekanini isbotlashdi. Bir vaqtning o‘zida bir necha ishni bajarish orqali odam ularning birortasiga ham diqqatini jamlay olmaydi. Natijada sifat aziyat chekadi. Shuning uchun bir vaqtning o‘zida ijtimoiy tarmoqni kuzata turib, boshlig‘ingiz so‘zlarini tinglashga urinmang.

Foto: Unsplash

Ishni hayotingiz mazmuniga aylantirmang

Karerizm jamiyatimizning muammolaridan biri. Ko‘pchilik karera pillapoyalaridan tezroq odimlash ilinjida. Pul va mavqe ortidan quvib, kimdir oilasini yo‘qotadi, ba'zilar umuman turmush qurmaydi. O‘ylab ko‘ring, ish hayotingizning asosiy mazmuniga aylanishini haqiqatan ham istaysizmi? Axir bundan muhimroq ishlar ham bor-ku…

Mavzuga oid