Jahon | 18:37 / 28.08.2018
10687
2 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy AQSh Eron bilan yadroviy bitimdan nega chiqqanini ma'lum qildi

Foto: REUTERS

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh yetakchisi Donald Tramp Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasidan chiqish haqida qaror qabul qilishiga nima sabab bo‘lganini aytdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, Trampga Erondagi qishki noroziliklar ta'sir ko‘rsatgan.

«Dekabr-yanvar voqealari Trampga shunday e'lon bilan chiqishiga turtki berdi: «Men Yevropa va boshqa mamlakatlar mintaqa hamda raketalar bo‘yicha masala bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatishmasa, Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasida qolmayman», - deya ta'kidlab o‘tdi Eron prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron va Suriya harbiy hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Eron mudofaa vaziri Amir Xotamiy Suriyaga ikki kunlik tashrifi chog‘ida Suriya mudofaa vaziri Ali Abdulloh Ayub bilan o‘zaro va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid