Jahon | 12:53 / 28.08.2018
13651
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya tan olinmagan hududda harbiy-dengiz bazasini tashkil etmoqchi

Foto: Yeni Safak

Turkiya tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hududida harbiy baza tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yeni Safak nashri xabar tarqatdi.

Materialda ta'kidlanishicha, ko‘plab davlatlar Suriyadagi urush bahonasida O‘rta Yer dengizidagi harbiy ishtirokini kuchaytiradilar. Shu nuqtai nazardan, Turk harbiy-dengiz kuchlari Shimoliy Kiprda harbiy-dengiz bazasini tashkil etish borasida mamlakat tashqi ishlar vazirligiga taklif bilan chiqdi.

Shuningdek, gazetaning qayd etishicha, O‘rta Yer dengizi strategik muhim mintaqa hisoblanadi. Bildirilishicha, Kipr Respublikasi uning o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun sheriklik aloqalarini o‘rnatmoqda.

Bundan tashqari, Shimoliy Kiprdagi Gechitqa'la aviabazasini qayta tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. U bundan oldin turk harbiylari tomonidan ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaga S-400 qachondan yetkazib berilishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid