Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya Suriyada nimalarni ko‘zlayotganini ma'lum qildi
AQSh oxirgi 1,5 yil ichida Rossiyaning Suriyadagi harbiy texnikasi va imkoniyatlari haqida ma'lumot to‘plamoqda. AQSh harbiy-havo kuchlari markaziy qo‘mondonligining iste'foga ketayotgan rahbari Jyeffri Xarriganning bu haqdagi so‘zlarini Defense News keltirib o‘tdi.
Xarriganning aytishicha, Moskva Suriyadan nafaqat yangi qurollari uchun “sinov stendi”, balki AQSh texnikasini kuzatish uchun foydalanmoqda. Shu bilan birga Vashington ham oxirgi 1,5 yil Rossiya quroli ortidan kuzatmoqda. “Albatta, biz Rossiya Suriyaga olib kelgan ba'zi imkoniyatlardan xabardor edik”, deb yozgan Xarrigan.
General-leytenantning aytishicha, gap 4++ avloddagi Su-34 va Su-35 qiruvchi samolyotlari haqida ketmoqda va bu qiruvchilar haqida to‘plangan ma'lumot AQShning 5-avloddagi F-35B Lightning II qiruvchisinining ma'lumotlar bazasini yangilashda hisobga olinadi. Harbiyning ta'kidlashicha, AQShdan oldin Isroil o‘zining F-35I qiruvchisi uchun bunday ma'lumotlarni to‘plashni boshlagan.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026