O‘zbekiston | 11:38 / 30.08.2018
13405
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga amaliy tashrif bilan boradi  

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 sentabrda Qirg‘izistonga amaliy tashrif bilan boradi. 

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida o‘tadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.

Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashiga O‘zbekiston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya a'zo davlatlar hisoblanadi. 

O‘zbekiston ushbu kengashga joriy yilning 30 aprelida rasman kirgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid