O‘zbekiston | 14:04 / 30.08.2018
10325
1 daqiqa o‘qiladi
TIV tizimida yangi lavozim tayinlovi yuz berdi
Tashqi ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi yuz berdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, TIVning Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i etib Aziz Masutov tayinlangan.
A.Masutov ilgari O‘zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Otabek Akbarov Italiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchi etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
10:29 / 21.06.2024
Abdulla Aripov yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlarni hukumat a’zolariga tanishtirdi
10:35 / 14.03.2024
Samaradorlik ko‘rsatkichi «qoniqarsiz» bo‘lgan mansabdorlarning lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi
08:47 / 14.02.2024
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori lavozimidan ozod etildi
08:04 / 29.11.2023