2018 yilning 30 avgust kuni Özbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Otabek Akbarov Toşkent şahridan Rim şahriga jönab ketdi.

TIV axborot xizmati xabariga köra, O.Akbarov ilgari TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, Örta Şarq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston-Italiya munosabatlarining asoslari Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimovning 1996 yil iyun oyida va 2000 yil noyabr oyida Italiyaga rasmiy taşriflari çoğida örnatilgan.

1997 yil may oyida Italiya prezidenti O.Skalfaro ham Özbekistonga taşrif buyurgan.

2012 yil iyun oyida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Italiya parlamenti Deputatlar palatasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 2009 yildan buyon Toşkentda Turin politexnika universiteti faoliyat körsatmoqda. 2013 yil yanvar oyida Samarqand hokimligi va Florentsiya provinsiyasi örtasida döstlik va hamkorlik töğrisidagi bitim imzolandi.