Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Google, Facebook va Twitter’ga «tashlandi»
Foto: Win McNamee/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp yirik texnologiya kompaniyalari faoliyatini tanqid qildi. Ular, davlat rahbarining fikriga ko‘ra, konservatorlar va respublikachilarga nisbatan adolatsizdir. Prezidentning so‘zlari Reuters tomonidan keltirilgan.
«Menimcha, Google, Facebook va Twitter... konservatorlar va respublikachilarga nisbatan juda adolatsizdir», - deya aytib o‘tdi Tramp jurnalistlarga Oq uydagi chiqishi vaqtida.
Uning ta'kidlashicha, bunday vaziyat «katta muammo» hisoblanadi, chunki bu kompaniyalar AQShning konservativ qarashlarga ega ko‘plab fuqarolarini «sukut saqlashga majbur qilmoqchi». Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu «noto‘g‘ri», «adolatsiz», va, ehtimol, «noqonuniy».
«Biz shunchaki adolatni xohlaymiz», - deya xulosa qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh bosh prokurorini ishdan haydash fikridan hozircha qaytgandi.
Mavzuga oid
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
19:24 / 10.12.2025
Apple va Google hamkorlikni e’lon qildi - iPhone’dan Android’ga va aksincha o‘tish osonlashadi
18:18 / 08.12.2025
Google va Apple o‘zbekistonliklarni hakerlar hujumi haqida ogohlantirdi
23:35 / 28.11.2025