AQŞ prezidenti Donald Tramp yirik texnologiya kompaniyalari faoliyatini tanqid qildi. Ular, davlat rahbarining fikriga köra, konservatorlar va respublikaçilarga nisbatan adolatsizdir. Prezidentning sözlari Reuters tomonidan keltirilgan.
«Menimça, Google, Facebook va Twitter... konservatorlar va respublikaçilarga nisbatan juda adolatsizdir», - deya aytib ötdi Tramp jurnalistlarga Oq uydagi çiqişi vaqtida.
Uning ta'kidlaşiça, bunday vaziyat «katta muammo» hisoblanadi, çunki bu kompaniyalar AQŞning konservativ qaraşlarga ega köplab fuqarolarini «sukut saqlaşga majbur qilmoqçi». Prezidentning sözlariga köra, bu «notöğri», «adolatsiz», va, ehtimol, «noqonuniy».
«Biz şunçaki adolatni xohlaymiz», - deya xulosa qildi Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp AQŞ boş prokurorini işdan haydaş fikridan hozirça qaytgandi.












