Sport | 09:00 / 30.08.2018
25355
1 daqiqa o‘qiladi

Yana bitta medal. O‘zbekiston 6-o‘ringa chiqib oldi

Indoneziyada Osiyo o‘yinlari doirasidagi bahslar davom etmoqda. O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar yana bir bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev

1000 metrga kanoeda eshkak eshgan Nurislom To‘xtasin o‘g‘li va Serik Mirbekov juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Kamoliddin Alimov

Ta'kidlab o‘tish joizki, eshkak eshish bo‘yicha bugungi 5ta finalda O‘zbekiston vakillari 4ta medalni qo‘lga kiritishdi. 

Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 49taga yetdi - 13 oltin, 18 kumush va 18 bronza. Ayni vaqtda O‘zbekiston jamoasi 6-o‘ringa ko‘tarilgan.

Mavzuga oid