O‘zbekiston | 12:45 / 30.08.2018
6325
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning yangi elchisi Rimga jo‘nab ketdi

Foto: UzReport

2018 yilning 30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Otabek Akbarov Toshkent shahridan Rim shahriga jo‘nab ketdi.

TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, O.Akbarov ilgari TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston-Italiya munosabatlarining asoslari O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning 1996 yil iyun oyida va 2000 yil noyabr oyida Italiyaga rasmiy tashriflari chog‘ida o‘rnatilgan.

1997 yil may oyida Italiya prezidenti O.Skalfaro ham O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

2012 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Italiya parlamenti Deputatlar palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 2009 yildan buyon Toshkentda Turin politexnika universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda. 2013 yil yanvar oyida Samarqand hokimligi va Florentsiya provinsiyasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. 

Mavzuga oid