Uzluksiz gaz ta'minoti muammosi yechimi - «TePLOGAZSTROY-O‘ZBeKISTON» loyihasida
Andijondagi «Hamkor biznes markazi» binosi anjumanlar zalida «TePLOGAZSTROY- O‘ZBeKISTON» jamiyati tomonidan - avtonom gaz bilan ta'minlash tizimi loyihasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu O‘zbekistonda uzoq kutilgan loyiha – ma'lum bir hudud, ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha obektlari (maktab, kasalxona, bolalar bog‘chasi va h.k), xususiy yashash uchun qurilgan uylarni avtonom ravishda gaz bilan uzuliksiz ta'minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Unda Andijon va Farg‘ona vodiysining boshqa viloyatlaridan kelgan hokimliklar vakillari, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, ijtimoiy soha mutasaddilari, aloqador tashkilot kishilari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Ma'lumki, quvur orqali yetkazib beriladigan tabiiy gaz ta'minoti bilan bog‘liq muammolar ishlab chiqaruvchi korxonalar, ijtimoiy soha muassasalari va xonadon egalariga juda ko‘p noqulayliklar tug‘dirmoqda. «TePLOGAZSTROY- O‘ZBeKISTON» aynan mana shu holatda yordamga keladi. FAS kompaniyasi va O‘zbekistondagi mazkur energetika resurslari yetkazib beruvchi hamkor tizimi barcha savollarga samarali yechim topish yo‘lidir. Endi iste'molchi - sifatli, ishonchli va arzon narxdagi issiqlik resursiga ega bo‘ladi.
Loyiha egalari barcha turdagi sub'yektlarga propan-butanga moslashgan uskunalar tizimini o‘rnatish va energiya resursini yetkazib berishni taklif qilmoqda.
Anjuman davomida Andijon viloyati hokimining invectitsiya sohasi bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Habibullayev, «TePLOGAZSTROY- O‘ZBeKISTON» korxonasi bosh direktori Zafarxo‘ja Rahimov, loyihaning chet ellik hamkori Aleksandr Shnayder hamda soha vakillari yig‘ilganlarga loyihaning bugungi kunda naqadar dolzarb ekanligi haqida tushuncha berib o‘tishdi.
Bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan sanoat obektlari, ijtimoiy soha va aholini propan-butan bilan ta'minlash ishlari qanday tashkil etilishi, jumladan uskunalarni o‘rnatish jarayonlari, uning ishlash prinsiplari va afzalliklari videolavhalar orqali ko‘rsatib berildi.
Yig‘ilganlarga mazkur loyiha bitta ijtimoiy obekt MTM misolida – uni ko‘mir bilan isitilganda qancha mablag‘ sarflanishi va propan-butan bilan ta'minlanganida qancha foyda keltirishi tahlil qilib berildi.
Bundan tashqari, tizimning yana bir qulayligi, ya'ni muassasa isitish tizimi bilan birgalikda avariya holatlarida zaxira elektr ishlab chiqarishga ham ega bo‘lishi anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan turli savollarga batafsil javoblarni olishdi.
Ayni paytda «TePLOGAZSTROY-O‘ZBeKISTON» Andijon viloyatidagi turli obektlarda o‘z loyihasini tatbiq qilishni boshladi. Tez orada ishonchli, sifatli va arzon gaz bilan ta'minlash loyihasi juda ko‘p hududlarni isitish energiya resursi bilan ta'minlashiga ishonamiz.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024