1995 yilgi gazetada maxfiy kod topildi
Dasturchi Ittay Abraham dunyodagi eng qadimiy blokcheyn-zanjir xeshini topdi. Uning tvitterdagi sahifasida xabar berishicha, ma'lumot The New York Times gazetasidagi «Topilmalar byurosi» bo‘limida qismlarga bo‘lingan holda e'lon qilinmoqda.
Tizim mutaxassislar Styuart Xaber va Skott Stornettning ishiga asoslangan bo‘lib, ular 1991 yilda blokcheyn-zanjirlar prototipini yaratishgan. Aynan ularning ishiga bitkoinning ta'rifi asoslangan.
Xaber va Stornettning tizimi Surety deb ataladi. Uning asosiy aktivi - raqamli imzoning ekvivalenti bo‘lgan AbsoluteProof. Raqamli ro‘yxatga olish tizimida mijozlar xeshini joylashtirish o‘rniga, Surety xodimlari ma'lumotlar bazasiga qo‘shilganlar haqida haftalik bazasini yaratadilar hamda ushbu ma'lumotni The New York Times’da e'lon qilishadi. Xesh «Topilmalar byurosi» bo‘limida joylashtiriladi. Spikerlarning so‘zlariga ko‘ra, bu ma'lumotlarning soxtalashtirilishiga imkon bermaydi.

Ma'lumotlar The New York Times gazetasida 1995 yildan buyon e'lon qilinmoqda. Ushbu g‘oya blokcheyn sohasi vakillarini hayratga soldi. Misol uchun, Ethereum loyihasining asoschilaridan biri Vitalik Buterin tvitterdagi sahifasida soxta gazeta nashrini yaratish va uni tarqatish mavjud tizimga hujum bo‘lishi mumkinligini aytdi. Biroq, Buterinning fikriga ko‘ra, buni qilish qiyin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

16:48 / 01.12.2024
O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

16:59 / 28.08.2022
Gazeta xodimlari oylab maosh olmayapti. Bosh muharrir esa tahririyat hisobidan olingan TrailBlazer’da yuradi

13:53 / 30.04.2020
Gazetalar kerak, lekin «gazeta»lar kerak emas

18:00 / 21.10.2019