Özbekiston jahon reytingida 33-örinni egallab, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari orasida kriptoaktivlarni qabul qiliş böyiça yetakçiga aylandi.
RISE Research hisobotiga köra, mamlakatda litsenziyalangan provayderlar orqali kriptovaluta operatsiyalari uçun qonuniy asos mavjud. Barça operatsiyalar soliqdan ozod qilingan. Özbekistonda taxminan 500 mingga yaqin aholi kriptovalutaga ega, bu aholining 1,46 foizini taşkil qiladi.
2024 yil oktyabr holatiga köra, Özbekistonda 1 milliard dollardan ortiq aylanmasi bölgan 15 ta litsenziyalangan provayderlar faoliyatini tartibga soliş Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yuklangan.
Qayd qilinişiça, 2022 yildan beri tartibga soliş tufayli budjetga 3 million dollardan ortiq mablağ tuşdi. Mamlakat blokçeyn va tokenizatsiyani faol rivojlantirmoqda, xalqaro kompaniyalar, jumladan Tether bilan hamkorlik qilmoqda, bu esa innovatsiyalar sohasidagi öz örnini mustahkamlaydi.
Mintaqa mamlakatlari orasida ikkinçi örinni Qozoğiston egalladi, bu yerda 1,5 milliondan ortiq fuqarolar kriptoaktivlarning global aylanişiga jalb etilgan bölişi mumkin. Bu mamlakat umumiy aholisining qariyb 8 foizini taşkil etadi, deyiladi hisobotda.
Qirğiziston mintaqada kriptovalutalarga eng sodiq yurisdiksiyalardan biri hisoblanadi. 2024 yil holatiga köra, Qirğizistonda yuzdan ortiq virtual almaşuv operatorlari (kriptobirjalar va almaştiruvçilar) röyxatga olingan. RISE Research tahlilçilarining ta’kidlaşiça, yilning birinçi yarmida mablağlarning umumiy aylanmasi 4 milliard dollardan oşdi.













