Kun.uz manbasi xabar berishicha, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi nashrida ishlovchi xodimlarga iyun oyidan buyon maosh berilmayapti.
«Oylab maosh berilmasligi birinchi marta emas. Bahorda ham oylik ololmaganmiz. Masalan, fevral va mart oylarining maoshi ham berilmagan. Navro‘z bayrami munosabati bilan 500 ming so‘mdan bayram puli berildi.
May oyida aprel oyida ishlagan davrimiz uchun ish haqimizni ololdik. O‘rtadagi ikki oylik pulimizni muassisimiz bo‘lgan «Milliy tiklanish» partiyasi o‘tkazib bergandi. Iyun oyida avans va kasb bayramimiz munosabati bilan ozroq mukofot puli olganmiz, u nima ham bo‘lardi. Hademay maktablarda o‘qish boshlanadi, hali bolalarimizga kiyim, o‘quv qurollari sotib olganimiz yo‘q», dedi ismi sir saqlanishini so‘ragan manba.

«Uch oydan beri oylik berilmayotgani yolg‘on. Bir oydan beri oylik berolmayapmiz. Gazetamiz 10 ming nusxada chop etiladi. Xarajatlarimiz juda katta. Tarqatish, tipografiya xarajatlari bor. Tarqatilayotgan 10 ming tiraj uchun partiya pul beradi.
Shu paytgacha 500 million so‘m pul berdi. Ikkinchi yarim yillikka partiya yana 500 million so‘m berishi kerak. Bir hafta-o‘n kuncha oldin «Ispolkom»da shu masala ko‘rildi, chunki partiya o‘zi «Ispolkom» yig‘ilishisiz pul berolmaydi, «Ispolkom» qarori bilan tahririyat xarajatlariga mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.
Tahririyat xarajatlari 100 foiz partiya tomonidan qoplanmaydi. Tahririyatning obunadan, reklamadan tushadigan mablag‘lari bor. Xarajatlarimizning 50 foizini partiya qoplab beradi, Alisher Qodirov shunday tashabbus bilan chiqqan. Bir paytlar bu judayam zararga ishlagan gazeta bo‘lgan. Men kelganimdan keyin 5-6 oy ichida xodimlardan 500 million so‘mdan ortiq qarzlarni uzganman. Gazetani 10 ming tirajga olib chiqdim. Noto‘g‘ri hisob-kitob qilganim uchun hozirgi muammolar, ish haqidan, tipografiyadan qarzlar yuzaga keldi. Menda hech qachon bunday holat bo‘lmagan ilgari. Yaqinda koviddan davolanib chiqdim. Undan oldin boshimga ancha tashvishlar tushdi, shifoxonada davolanib chiqdim. Shu jarayonda gazetaning faqat ijodiy jarayoniga aralasha oldim-u, iqtisodiy masalalarni hal qila olmadim. Shu uchun mana shu muammolar yuzaga keldi, bitta mening aybim bilan bo‘lyapti hammasi








