Avstraliya gazetalari bosh sahifalari «senzuralangan» ko‘rinishda chiqdi
Avstraliyada jurnalistlar o‘ziga xos norozilik aksiyasi uyushtirishdi. Dushanba kuni mamlakatdagi yetakchi nashrlar davlat tomonidan qilinayotgan bosimga norozilik sifatida muqovalaridagi maqolalarning matnlari ustiga qora chiziq tortildi, muqoavalar «Maxfiy. Nashr qilish uchun emas» muhri bilan chiqarildi.

Foto: EPA/Vostock-photo
OAV bu orqali senzuraga qarshi birlashdi.
Ushbu aksiyada Sydney Morning Herald, The Age, The Australian, Guardian, ABC, SBS nashrlari, News Corp Australia va Nine korporatsiyalari ishtirok etmoqda.
Aksiya tashkilotchisi - Avstraliyaning yetakchi nashrlari birlashgan «Bilish huquqi» koalitsiyasidir.
Jurnalistlarning hisoblashicha, milliy xavfsizlik haqidagi qonun tufayli avstraliyalikning aynan shunday huquqi buzilmoqda.

Jurnalistlar nimadan norozi?
Iyun oyida politsiya News Corp korporatsiyasi jurnalistining Kanberradagi uyi va Sidneydagi Australian Broadcasting Corp (ABC)ning Sidneydagi tahririyatida tintuv o‘tkazganidan so‘ng o‘zaro raqobatdagi nashrlar senzuraga qarshi birlashishdi. Tintuvlar hukumatga tegishli maxfiy hujjatlar sizib chiqib ketishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish doirasida o‘tkazilgandi. Ushbu ish bo‘yicha bir necha jurnalistga ayblov e'lon qilinishi mumkin edi.
21 oktabr kuni mamlakat bosh vaziri Skott Morrison jurnalistlar sud qilinmasligiga kafolat berishdan bosh tortdi.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, 2001 yildan buyon Avstraliyada xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash sohasida 70dan ortiq qonun qabul qilingan bo‘lib, ular matbuot erkinligiga ta'sir ko‘rsatgan. Shuningdek, ularning qayd etishicha, hukumat nafaqat harbiylar va maxsus xizmatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, balki qariyalar uylaridagi yomon sharoitlar, xorijliklarga sotilgan qishloq xo‘jalik yerlari maydoni to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ham maxfiylashtirishga urinmoqda.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tabiiy gazdan go‘shtgacha – 86 turdagi tovarlarga eksport bojxona boji joriy etildi
Iqtisodiyot | 14:13
-
Zelenskiy yana Moskvani urushni tugatishni istamaslikda aybladi
Jahon | 14:02
-
1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi
O‘zbekiston | 13:52
-
Husiychilar Qizil dengizda AQSh aviatashuvchi kemasiga hujum qilinganini bildirdi
Jahon | 13:42
Mavzuga oid

14:40 / 14.03.2025
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin

14:35 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

15:29 / 03.03.2025