Gazetaçilarning bir muammosi bor – bu mavzuni juda oğriqli qabul qilişadi va darhol zirhli qalqon orqasiga ötib olişadi. Ularning nazdida gazeta tizimi şu holga tuşişiga hamma aybdor – davlat, obuna bölmagan öquvçi, pul bermagan vazir, qurumsoq muassis, ma'naviyatdan uzoqlaşgan öqituvçi, magazinçi Ğaybulla va hokazo. Zinhor şu gazetaning boş muharrirlariyu mutasaddilari emas!

Keçirasiz, tanangizga öylab köring, şunça odamga kerak bölmagan narsani nega siz ertalab işga borib, keçga qaytişingiz, boş muharrir degan nomni saqlab turişingiz va oy oxirida haminqadar maoşingizni olişingiz uçun saqlab turiş kerak? Nega?!

Keling, negaligini birma-bir tahlil qilamiz.

Masalaning moddiy jihati

Gazetalarning moddiy jihatdan murakkab vaziyatga tuşib qolganini özingiz birinçi örinda tan olasiz va bong urasiz. Neçtasi çop etilmay ham qoldi. Xöp, ana şunday vaziyatda birinçi navbatda siz özingiz uyingiz yoki maşinangizni sotib, tahririyatning kam-köstiga sarflay olasizmi? Hayotda qilmagansiz, hozir ham qilmaysiz va katta ehtimol bilan kelajakda ham bunday qahramonlikni kutiş qiyin.

Xöş, birinçi navbatda özingiz boringizni tikmaydigan sohaga nega boşqalar jon kuydirmagani uçun yozğirasiz?

Faqat «davlat tibbiyotni, ta'limni ta'minlayaptiku» deya özingizni aldamang. Gazetalar davlat mafkurasining asosini xalqqa singdirib, bir ramkada uşlab turadigan kommunizm davri allaqaçon tugagan. Buni anglab yetadigan vaqt allaqaçon kelgan.

Siz yoqtirgan ma'naviy jihati

Bir öylab köraylik, gazetalardagi «öta noyob» ma'naviyatning şakl-u şamoyili qanaqa? Qandaydir maqolaning mazmunida, deysizmi? Yaşang! Endi qölingizni köksingizga qöyib javob bering – öşa maqolaning muallifi «ma'naviyat»li maqolasini 2-3 ming tirajga ega gazetada çop ettirgandan köra bir lahzada öquvçiga yetib boruvçi, kamida 50-100 ming odam köruvçi, maqola qiziqarli bölsa turli manbalar orqali tarqalib, köriliş körsatkiçlari ham oşib boruvçi biror saytda, boringki telegram kanalda e'lon qilgani yaxşi emasmi? Muallif bir, maqola bir, eng muhimi mazmun bir bölsa – amalda nima özgaradi? Sizning ma'naviy durdonangiz xalq uçun şu qadar muhim bölsa, nega uning imkoniyatlarini kengaytiriş haqida öylamaysiz?

Ikki laşkar

Gazetaçilarning eng «çatoq» jihati – bu mavzu kötarilişi bilan ğuj bölib boşqalarga qarşi turib olişlarida, vaziyatni töğri anglab yetmasliklarida, maslahatni umuman qabul qilmasliklarida. Tuşuning, sizning qalqib turgan örningiz allaqaçon heç kimga kerak emas! Lekin sizning tajribangiz, salohiyatingiz bir qobiqdan çiqarilib töğri yönaltirilsa, köpçilikka foydali bölişi mumkin. Kimdir öz ixtiyori bilan xarid qilgan, obuna bölgan, qiziqarli deb hisoblaydigan gazetalar kerak bölsa ming yil yaşasin. Lekin kimningdir buyruğiga möltirab yaşaşni bas qiliş vaqti yetdi.