AQShda Xitoy tovarlariga yangi bojlar qachon joriy etilishi ma'lum qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp kelgusi haftada Xitoy tovarlari importiga 200 milliard dollar yangi bojlar joriy etilishi haqida e'lon qiladi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, yangi tariflar joriy yilning 6 sentabridan boshlab joriy qilinishi mumkin - aynan shu kuni rejalashtirilgan bojlarga izohlar berishning so‘nggi muddati tugaydi.
Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti bojlar bo‘yicha yakuniy qarorni hali qabul qilmagan. Manbalar so‘zlariga ko‘ra, Tramp kelgusi hafta ular haqida e'lon qilishi mumkin, ular keyinroq kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va AQSh savdo urushidan JST qurbonga aylanishi mumkinligi xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, Xitoy-AQSh savdo urushining kuchayishi vaqtida Jahon savdo tashkilotini ushbu tuzilmani yo‘qotib qo‘yishdan himoya qilish bo‘yicha jarayon tezlashmoqda.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024