Jahon | 08:36 / 31.08.2018
8316
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil bosh vazirining rafiqasi korrupsiyada ayblanmoqda – OAV 

Foto: AFP / Jack Guez

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning rafiqasi Sara Netanyaxu turmush o‘rtog‘ining Isroilning eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi “Bezek” bilan korrupsiyaviy aloqalari bo‘yicha tergov ishining gumonlanuvchilaridan biriga aylandi.

“Gaarets” nashrining ma'lum qilishicha, ushbu ish bo‘yicha o‘tayotgan 4 ming gumonlanuvchi orasida bosh vazirning o‘zi, uning sobiq matbuot kotibi Nir Xefets, sobiq aloqa vaziri Shlomo Filber, “Bezek” egasi Shaul Elovich va uning rafiqasi, o‘g‘li va bir necha qo‘l ostidagilar bor.

“Politsiyaning “4000lar ishi” bo‘yicha vakili bosh vazirning rafiqasi pora olganlikda gumon qilinayotganini rasman ma'lum qildi”, deyilgan nashrda.

Politsiyada er-xotin Netanyaxular hamda “Bezek” rahbariyati “o‘z harakatlari iqtisodiy ahamiyatga egaligini to‘liq anglashgani”ning isbotlariga ega ekanliklari ta'kidlab o‘tilgan.

Ta'kidlanishicha, endi tergovchilar amaldorlar Netanyaxuning faoliyatini ijobiy yoritish evaziga “Bezek” manfaatlarini ilgari surganlarini isbotlashlari kerak bo‘ladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid