Jamiyat | 12:56 / 31.08.2018
10421
2 daqiqa o‘qiladi

Iste'molchilarni qanday holatlarda elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish mumkin?

KUN.UZ tahririyati kelayotgan taklif va savollarga asoslangan holatda qonunchilikka oid eng ko‘p beriladigan savollarga to‘xtalib o‘tadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi 484-son qarori “Iste'molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM ga muvofiq quyidagi holatlar belgilab o‘tilgan:

shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

Byuro talabnomalari ijro etilmaganda, shu jumladan uning vakillariga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborlariga ko‘rsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda;

elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish yoki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;

elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda.

Savollarga yurist Javohir Shamsutdinov javob berdi

Mavzuga oid