Sport | 08:15 / 01.09.2018
7888
1 daqiqa o‘qiladi
Shubina va Borzova kumush medalni qo‘lga kiritdi
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlarining 14-kungi bahslari o‘tkazilmoqda.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha bahslarda navbatdagi medal qo‘lga kiritildi.
Yekaterina Shubina va Yuliya Borzova juftlik musobaqalarida 500 metrga final bahslarida kumush medalga ega chiqishdi. O‘zbekiston vakillari 1 daqiqa-yu 48 soniya natijani qayd etishgan.
Ushbu bahslarda birinchi o‘rinni Xitoy vakillari egallashgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onadan yaponiyaliklar joy oldi.