Sport | 13:18 / 01.09.2018
9548
1 daqiqa o‘qiladi

Shunqor Abdurasulov finalda yutqazdi. Boksda ikkinchi kumush medal

Osiyo o‘yinlarida boks bo‘yicha final bahslari davom etmoqda.

Turnirda -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov finalda mo‘g‘ulistonlik  Tsendbaatar Yerdenebat qarshi jang qildi.

O‘zbekistonlik bokschi bu jangda hakamlar qaroriga ko‘ra 2:3 (28:28!, 27:29, 29:27, 28:28!, 29:27) hisobida yutqazdi va kumush medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Bu kumush medal O‘zbekiston boks jamoasining ikkinchi, umumiy jamoaning 23-kumush medali bo‘ldi.

Hozircha boks musobaqasida o‘zbekistonliklar 2ta oltin va 2ta kumush medalga sazovor bo‘lib turishibdi.

Oldinda yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi:
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)

Mavzuga oid