Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ASEAN va OTIH sammitlariga borishdan bosh tortdi
Foto: Jonathan Ernst/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Singapur va Papua-Yangi Gvineyada o‘tkaziladigan ASEAN hamda OTIHga bormaydi. Bu haqda Reuters Oq uyga tayanib xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, uchrashuvlarda Qo‘shma Shtatlar nomidan vitse-prezident Mayk Pens ishtirok etadi.
Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning so‘zlariga ko‘ra, Pens «AQSh erkin va ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha qanday pozitsiyada ekanini ta'kidlaydi». Bu suverenitet va qonun ustuvorligi, shuningdek, erkin hamda adolatli savdo tamoyillariga asoslangan bo‘ladi.
Shuningdek, xabar qilinishicha, Tramp bu vaqtda Irlandiyaga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Tramp yil oxirigacha uch marta uchrashishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020