Sport | 14:08 / 01.09.2018
13479
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana bir oltin. Bobousmon Boturov finalda qozog‘istonlik raqibni yengdi

O‘zbekiston boks jamoasi Osiyo o‘yinlarida navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-69 kg vazn toifasida oltin medal uchun ringga chiqqan Bobousmon Boturov Qozog‘iston vakili Aslanbek Shimbergenovni 3:1 (28:28, 29:27, 27:29, 29:27, 29:27) hisobida mag‘lub etdi va Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston boks jamoasining oltin medallari soni 4taga yetdi. Bungacha Jasurbek Latipov (-52), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) va Iqboljon Xoldorov (-64 kg) oltin medallarni qo‘lga kiritishgandi. Hasanboy Do‘smatov (-49 kg) va Shunqor Abdurasulov (-60 kg) esa finalda yutqazishdi.

Endi -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov oltin medal uchun ringga chiqadi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medallar sonini 19taga yetkazdi va kumush medallar ko‘pligi hisobiga umumiy reytingda Erondan o‘tib ketdi.

Mavzuga oid