Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana bir oltin. Bobousmon Boturov finalda qozog‘istonlik raqibni yengdi
O‘zbekiston boks jamoasi Osiyo o‘yinlarida navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-69 kg vazn toifasida oltin medal uchun ringga chiqqan Bobousmon Boturov Qozog‘iston vakili Aslanbek Shimbergenovni 3:1 (28:28, 29:27, 27:29, 29:27, 29:27) hisobida mag‘lub etdi va Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.




Shu tariqa, O‘zbekiston boks jamoasining oltin medallari soni 4taga yetdi. Bungacha Jasurbek Latipov (-52), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) va Iqboljon Xoldorov (-64 kg) oltin medallarni qo‘lga kiritishgandi. Hasanboy Do‘smatov (-49 kg) va Shunqor Abdurasulov (-60 kg) esa finalda yutqazishdi.
Endi -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov oltin medal uchun ringga chiqadi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medallar sonini 19taga yetkazdi va kumush medallar ko‘pligi hisobiga umumiy reytingda Erondan o‘tib ketdi.

Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026