Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga yozilgan ehson tadbirida ishtirok etdi
Bugun, 2 sentabr kuni O‘zbekistonda mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimovni xotirlash kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gul qo‘ydi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Bugun shuningdek, poytaxtdagi «Navro‘z» marosimlar uyida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab ehson dasturxoni yozildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Qur'on tilovat qilindi.

Tadbirda Respublika vazirlik va idoralar, keng jamoatchilik hamda yurtimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etgan.


Mavzuga oid
18:15 / 29.06.2026
Karimovga haykal o‘rnatgan bo‘lardim, uning yopiq siyosati qirg‘iz va qozoqlarga imkoniyat yaratdi - Asqar Akayev
14:10 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
11:35 / 06.09.2025