Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada mamlakatdagi eng qadimiy muzey yonib ketdi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Braziliya milliy muzeyi yonib ketdi, u mamlakatdagi eng qadimiy ilmiy muassasa hisoblanardi. Bu haqda Globo xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in natijasida hech kim jarohat olgani yo‘q.
Ta'kidlanishicha, muzey kolleksiyasi 20 millionga yaqin eksponatlarga ega.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, muzeyning barcha eksponatlari yong‘in bilan yo‘q qilingan.
Braziliya milliy muzeyi 1818 yilda Portugaliya qiroli Juan VI tomonidan ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Milliy muzey fondi blokcheyn yordamida himoyalanishi xabar qilingandi.