Milliy muzey fondi kataloglari elektron körinişga ötkaziladi. Bu haqda prezident qarori bilan tasdiqlangan «Yöl xaritasi»da aytilgan.

Bu blokçeyn yordamida amalga oşiriladi. Xabar qilinişiça, bu jahonning eng yaxşi amaliyotlariga mos keladi, katalogga oçiq kiriş imkonini beradi va unga ruxsatsiz özgarişlar kiritişdan himoya qiladi.

Muddat - 2019 yilning III çoragi. Mas'ul taşkilotlar - Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, mahalliy va xorijiy metsenatlar hamda homiylar.

Eslatib ötamiz, avvalroq madaniyat muassasalarida blokçeyn texnologiyasidan foydalangan holda elektron tizim joriy etilişi xabar qilingandi.