Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Xivani Turkiy kengashning poytaxtiga aylantirish taklifi bilan chiqdi
Foto: kabar.kg
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida qadimiy Xivani tashkilot poytaxtiga aylantirish taklifini berdi. Bu haqda «Kabar» agentligi xabar qilmoqda.
Shuningdek, Cho‘lpon otadagi sammitda chiqish qilib, O‘zbekiston ushbu tashkilotga to‘liq a'zo sifatida kirishga tayyorligini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ishi ishtirokchi davlatlar nufuzini oshirishga yordam beradi va dolzarb muammolarni hal etish uchun sharoit yaratadi.
Bundan tashqari, Mirziyoyev hamkasblarini investitsiyalar, savdo-iqtisodiy, ta'lim, sayyohlik va tadbirkorlik sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Qirg‘izistonga tashrifini yakunlagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
21:05 / 21.11.2025
Turizm qo‘mitasi tashkil etildi
22:01 / 22.10.2025
Xiva National Geographic tomonidan sayohat uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritildi
17:21 / 18.10.2025