Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Qirg‘izistonga tashrifini yakunladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekovning taklifiga binoan 3 sentabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etdi.

Davlat rahbari Qirg‘izistonga tashrifini yakunlab, mamlakatga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Respublikasi bosh vaziri Viktor Orban yuqoridagi anjumanda faxriy mehmon sifatida qatnashdi.
Davlat rahbari sammitda so‘zlagan nutqida xalqlarni o‘xshash til, mushtarak ma'naviy qadriyatlar va hamkorlik rishtalari bir-biriga bog‘lab kelayotgani, bugungi kunda Kengashning siyosiy kun tartibida hech bir muammo yoki kelishmovchilik mavjud emasligini qayd etdi.

“Turkiy kengash doirasida o‘zaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz. Hozirgi bosqichda uning faoliyatida mamlakatimiz uchun amaliy jihatdan qiziqish uyg‘otadigan yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishga tayyormiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026