Jahon | 17:57 / 04.09.2018
38759
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy nega Tibetga milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda? 

Dalay-lama XIV’ning vorisi uchun kurashdan avval nazoratni kuchaytirish ilinjida Xitoy Tibetga milliardlab dollar mablag‘ kiritmoqda. Voris bo‘yicha masala ushbu yetakchining o‘limi ortidan hal qilinishi kerak, deb xabar bermoqda NBC News telekanali.

Foto: Johannes Eisele/ AFP/Getty Images

Xitoy hukumati delegatsiyasining Tibetga kam sonli tashriflaridan biri rasmiylar mintaqadagi 3,3 million kishiga farovonlik keltiradigan rivojlanish dasturini taqdim etdilar, deya ta'kidlaydi telekanal. Keng ko‘lamli infratuzilma loyihalari o‘z ichiga yangi aeroportlar va avtomagistrallarni qurishni qamrab oladi. Rejalashtirilgan sarmoyalar byudjyeti 97 mlrd dollarni tashkil etdi. Shuningdek, loyiha Tibet buddizmining muqaddas joylarini himoya qilish va barqaror «yashil iqtisodiyotni» yaratishga qaratilgan, deb xabar beradi NBC.

Materialda ta'kidlanishicha, Xitoy uzoq vaqtdan beri Tibet yetakchisi Dalay-lama XIV’ning ta'sirini kamaytirishga harakat qiladi.

Tibet yetakchisi Dalay-lama
Foto: Ben Stansall / AFP /Getty Images

Xususan, rasmiylarga ko‘ra, 1980-yillardan beri Xitoy Tibetning asosiy monastirlarini va boshqa diniy obektlarini rekonstruksiya qilish uchun 450 million dollardan ziyod mablag‘ sarfladi. Kelgusi besh yil mobaynida byudjyetdan yana 290 million dollar ajratiladi. Xitoyning Tibetga katta sarmoyalari shundan dalolat beradiki, davlat buddistlarning eng katta millati sifatida o‘z obro‘sini yaxshilashga urinmoqda.

Foto: iStock /Getty Images
Foto: Eric Baculinao / NBC News

Shu bilan birga, Xitoyning sa'y-harakatlari inson huquqlarini himoya qilish guruhlarining Tibet xalqini qatag‘on qilish bo‘yicha ayblovlari vaqtida amalga oshirilmoqda, deya qayd etadi NBC News. Avgust oyida AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Tibet xalqi «Xitoy hukumati tomonidan qattiq bosim ostida bo‘lgani» haqida ma'lum qildi. Iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Tibetdagi sharoitlar sezilarli darajada yomonlashayotganini ta'kidladi. Pekin, o‘z navbatida, repressiyalar bo‘yicha ayblovlarni rad etib, Xitoy hukumati «qoloq» mintaqaga farovonlik olib kelgani hamda ular Tibet xalqining huquqlarini to‘la hurmat qilishlarini ma'lum qilmoqda.

Foto: Eric Baculinao / NBC News

Dalay-lama hozirda 83 yoshda, ko‘plab tibetliklarning xavotir bildirishicha, Xitoy Tibet buddizmining bo‘linishi uchun meros bo‘lib o‘tish huquqidan foydalanib qolishidan qo‘rqmoqda. Xitoydan eslatishlaricha, hukumat Tibetning keyingi diniy yetakchisini tasdiqlashi kerak. shu bilan birga, Dalay-lamaning aytishicha, uning eng katta tashvishi shundan iboratki, Xitoy Tibetning yetakchisi sifatida o‘z vorisini ma'lum qilishi mumkin, deya xulosa qiladi NBC.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy iqtisodiyoti savdo urushidan jabr ko‘ra boshlagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid