Londonda yana zaharli modda bilan hujum uyushtirildi
London g‘arbida uch kishi zaharli modda bilan hujum qilish oqibatida jabrlandi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya mahalliy vaqt bilan soat 2larda ushbu voqea haqida ma'lumot olgan.
Voqea yuz bergan Uestern-Grouv ko‘chasiga shifokorlar, politsiya va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan.
Sky News telekanalining xabar qilishicha, hujum do‘konlardan birida sodir etilgan. Do‘kon xodimlari xaridorlardan birini o‘g‘rilik qilishda gumon qilishgach, xaridor ularning yuziga noma'lum moddani purkagan. Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchilar hayoti xavf ostida emas.
Joriy yilda Buyuk Britaniya fuqarolariga kimyoviy moddalar qo‘llangan holda ikkita hujum sodir etildi. Iyul oyida Eymsberida ikki kishi – bir ayol va bir erkak noma'lum modda ta'siri sababli shifoxonaga tushgan. Ayol vafot etgan, erkak hushiga kelgan. Bundan bir necha oy oldin esa Solsberida Britaniya foydasiga josuslik qilgan sobiq rossiyalik razvedkachi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangan. London bunda Moskvani ayblagan, biroq buning birorta isbotini keltira olmagan. Rossiya esa bu ayblovlarni rad etib keladi.
Mavzuga oid
19:16
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024