Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi «Orzu» kichik sanoat zonasida 10ta korxona faoliyat boshladi
Namangan viloyati Namangan shahridagi 9,9 gektar maydonda tashkil etilgan «Orzu» kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 142,3 milliard so‘mlik 22ta loyihadan 74 milliard so‘mlik 10ta loyiha ishga tushirildi.
Jumladan, Mustaqillik bayrami arafasida yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi «Orzu Ideal tekstil», «Porloq tekstil liboslari», «So‘g‘diyona fayz tekstil», «Kvarts sanoat servis», «Bosir tekstil servis», «Ulug‘-B», «Universal Food Trade», «Mega eko plast», «Nurobod sifat tekstil», «White gold towel textile» korxonalari o‘z faoliyatini boshlab, 1100dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Korxonalarning yillik ishlab chiqarish hajmi 82,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 6,2 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, ushbu sanoat zonasi mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan.









Mavzuga oid
08:41 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev bugun Namangan viloyatida bo‘ladi
17:30 / 19.06.2026
Namanganda IIB tergovchisi nomusga tegish jinoyatini “yopib” yuborgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
09:00 / 18.06.2026
Namanganda yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi qo‘lga olindi
11:55 / 12.06.2026