Jahon | 08:07 / 04.09.2018
13823
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyaning yadro quroli yaratuvchisi vafot etgani ma'lum qilindi

Foto: AFP

Shimoliy Koreyada 89 yoshida mamlakatning yetakchi yadrochi olimi Yu Kyu Chjan pantsitopeniyadan (qon kasalligi) vafot etdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Xabarda Yu Kyu Chjan “mamlakatning mudofaa imkoniyatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan, katta avlod inqilobchisi” deb atalgan.

Olim 2010 yildan beri Shimoliy Koreyaning raketa va yadro quroli ishlab chiqilishiga javob beruvchi, Koreya Mehnat partiyasining mashinasozlik bo‘limiga boshchilik qilib kelgan.

Marhum AQSh tomonidan individual sanksiyalar kiritilgan shimoliy koreyaliklardan biri bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid