O‘zbekiston | 22:36 / 04.09.2018
5598
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston-Misr biznes forumi o‘tkaziladi

Misr prezidenti Abdul Fattoh Said Husayn Halil As-Sisiyning O‘zbekistonga tashrifi doirasida 5 sentabr kuni Toshkent shahrida B2B formatidagi O‘zbekiston-Misr biznes forumi va kooperatsion birja tashkil qilinadi. 

Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Misr ishchi doira va korxonalari hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishadi hamda taqdimotlar o‘tkazishadi. 

Tadbirlar yakunlari bo‘yicha turizm, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli investitsin va savdo kelishuvlarini imzolash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, biznes-forum doirasida O‘zbekistonda meva va sabzavotlar logistik xabini yaratish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid