Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oktyabr oyidan ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘liq hajmda to‘lanadi
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning «Fuqarolar pensiya ta'minoti tizimining ijtimoiy adolatliligini va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, 2018 yilning 1 oktabridan barcha ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘liq hajmda to‘lanadi.
Bundan tashqari, 2019 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan eng yuqori ish haqi miqdori eng kam ish haqining 8 baravaridan 10 baravariga (5 sentabr holatiga ko‘ra — 1 474 400 so‘mdan 1 843 000 gacha) oshiriladi.
Shuningdek, pensiya miqdori 2019 yil boshlangunicha eng yuqori ish haqi o‘sishi hisobida qayta hisoblab chiqilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda ishlayotgan pensionerlar, ayrim imtiyozli toifalardan tashqari, belgilangan nafaqa miqdoridan 50 foizini olishadi.
Eslatib o‘tamiz, imtiyozli toifadagi nafaqaxo‘rlarga I va II guruh nogironlari, Chernobil nogironlari, mahalla fuqarolari yig‘inlari raislari, diniy ta'lim sohasida ishlayotgan ayollar hamda Ikkinchi jahon urushi ish ishtirokchilari va mehnat veteranlari kiradi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning ayrim toifalariga qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra pensiyasini to‘liq oladigan nafaqaxo‘rlar doirasi kengaytirilgandi. Ya'ni, faxriy unvonlarga ega mehnat qiluvchi pensionerlar endilikda nafaqa pulini to‘liq miqdorda olishi belgilangandi.
Shuningdek mehnat shartnomasi asosida mehnat qilish asnosida ilm-fan, adabiyot va san'at sohalarida ijodiy ishlari uchun qalam haqi (gonorar) ko‘rinishida daromad oluvchi pensionerlar ham nafaqa pullarini to‘liq hajmda oladi.
Mavzuga oid
13:17 / 01.07.2025
Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi
18:38 / 30.06.2025
Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi
12:21 / 26.06.2025
Pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan - Pensiya jamg‘armasi
14:05 / 25.06.2025