Jamiyat | 17:48 / 06.09.2018
20275
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Jizzaxdagi piyodalar o‘tish joylarida o‘quvchi yoshlarning mulyajlari o‘rnatildi

Jizzax viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan yangi 2018-2019 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan bolalar bilan bog‘liq yo‘l-ulov hodisalarining oldini olish maqsadida viloyat hududidagi mavjud serqatnov yo‘l yoqalarida joylashgan ta'lim muassasalari oldidagi piyodalar o‘tish joylariga yangi innovatsion g‘oyalar asosida o‘quvchi yoshlarning mulyajlari o‘rnatildi. Bu haqda Kun.uz’ga Jizzax viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Jizzax viloyati IIB

- Ushbu o‘quvchi yoshlarning mulyajlari transport vositalari haydovchilarini hushyorlikka chorlab, haydovchini transport vositasini tezligini majburiy kamaytirishga erishiladi, - deydi viloyat IIB YHXB katta inspektori kapitan Erkin Ochilov.

Foto: Jizzax viloyati IIB
Foto: Jizzax viloyati IIB

Bundan tashqari, viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Diqqat bolalar!” tadbiri davomida yangi o‘quv yilining ilk kunlarida maktabga birinchi bor tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlar bilan mustaqillik darslari bilan bir qatorda o‘quvchi yoshlarni uydan maktabga va maktabdan uyga borishlarida ularning yo‘llarda xavfsiz harakatlanishlari yuzasidan ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida soha xodimlari tomonidan qisqa dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mavzuga oid