O‘zbekiston | 16:37 / 06.09.2018
12852
2 daqiqa o‘qiladi

M&C Saatchi O‘zbekistonga yangi imijni yaratish taklifi bilan chiqdi

Foto: KUN.UZ

Britaniyaning M&C Saatchi agentligi O‘zbekiston hukumatiga mamlakat brendini yaratish va respublika investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun kommunikatsion kompaniyasini ishga tushirishni taklif qilmoqda.

Kompaniya yagona strategiyasini ishlab chiqishni taklif etmoqda, bu haqda M&C Saatchi taqdimot materiallarida aytiladi. Ular Kun.uz’da mavjud. Mutaxassislarning fikricha, strategiya turizm, investitsiyalar va islohotlar strategiyasi uchun birdek samarali bo‘ladi, sababi O‘zbekistonning ko‘plab vazirlik hamda idoralari «alohida byudjyetlardan foydalanib, turli xil yo‘llar bilan mamlakatni targ‘ib qilmoqda».
 
«O‘zbekistonga dunyoda mamlakatda ro‘y berayotgan ijobiy islohotlarni amalga oshirish borasida xabardorlikni oshirish kerak. O‘zbekistonda biznes yuritish uchun katta imkoniyatlar mavjud, ular haqida esa, afsuski, xalqaro investorlar jamoatchiligi juda kam ma'lumotga ega», - deya ta'kidlanadi agentlikdan.

O‘z navbatida, aniq kommunikatsion strategiya O‘zbekistonni qabul qilish muammosidan xalos etadi, mamlakatni taniy bilish darajasini oshiradi, turli tushunmovchiliklarni bartaraf qiladi hamda xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytiradi.

«O‘zbekistonga yangi, kuchli, zamonaviy obraz kerak, u bugun mamlakat turgan pozitsiyani aks ettiradi hamda prezidentning katta rejalarini uyg‘unlashtiradi», - deya ta'kidlaydi agentlik ekspertlari.

Birinchi bosqichda M&C Saatchi yangi brend ishlab chiqishni taklif etmoqda, «bu jahon darajasida O‘zbekistonni qabul qilish darajasini o‘zgartirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi». 

Mavzuga oid