Xalqaro taşkilotlar tuzilmalariga Özbekiston nomzodlari ilgari suriladi. Bu haqda 2019-2022 yillarda Özbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlaş böyiça «Yöl xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilişiça, BMT, IHT, MDH, ŞHT va boşqa xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, xalqaro moliyaviy institutlar tuzilmalariga Özbekiston nomzodlarini ilgari suriş va bu boradagi işlarni faollaştiriş möljallanmoqda.

Bunda nomzodlarni körsatiş böyiça takliflarni işlab çiqiş, belgilangan tartibda tasdiqlaş hamda Özbekiston nomzodlarini ilgari suriş böyiça işlarni taşkil etiş va amalga oşiriş közda tutilgan.

Muddat - 2020 yil 1 iyul, keyinçalik - yarim yilda 1 marta. Mas'ullar - Taşqi işlar vazirligi, Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi, vazirlik va idoralar.

Şuningdek, xalqaro hamjamiyat e'tibor markazida turgan dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolar (inson huquqlari, odam savdosi, mehnat muhojirligi, giyohvandlik holatlari va boşqalar) haqida milliy hisobotlarni çop etiş hamda Özbekistonda va xorijiy mamlakatlarda tarqatiş rejalaştirilmoqda.