British Airways, Qantas, Reebok, Google, EPSON, Alibaba, Disney, 20th Century Fox, Warner Bros, Miramax kabi biznes olamining yuzdan ortiq yirik brendlari uçun PR va marketing xizmatlarini körsatuvçi «M&C Saatchi» kompaniyasi vakillari şu yilning 14-16 may kunlari Özbekistonga taşrif buyuradi.

Taşrif doirasida 16 may kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça qömitasi hamkorligida «M&C Saatchi» kompaniyasi boşqaruvi a'zosi Anil Bedi va xalqaro biznes böyiça direktori Sabrina Xeyneki iştirokida maxsus seminar taşkil etiladi. Unda manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari, xususiy sektor vakillari iştirok etadi.

Seminar davomida turizmni rivojlantiriş, investitsiya oqimi hamda mamlakat imijini oşirişda erişilgan tajribalar, şuningdek, xususiy sektor vakillari uçun biznes yuritişda brendingning muhimligi, fikrlarni sodda körinişda yetkaziş, köpçilik içida yaqqol ajralib turiş yöllari kabi qator mavzularga töxtalib ötiladi.