Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning eng badavlat oilalari ma'lum qilindi
Forbes nashri Rossiyaning eng badavlat oilalarining yangi reytingini tuzdi.
Unga ko‘ra, 1-o‘rinni o‘tgan yilgi reytingdagi kabi Gutseriyevlar oilasi egallamoqda. Ushbu oilaning a'zolariga tegishli umumiy boylik 5,97 mlrd dollarga baholangan. Gutseriyevlar oilasiga quyidagi shaxslar mansub: “Safmar” guruhining asosiy egasi Mixail Gutseriyev (4,5 mlrd dollar), “Safmar”ning yana bir egasi Sait-Salam Gutseriyev (760 mln dollar), “Fortinvesta” bosh direktori Said Gutseriyev (660 mln dollar), “M.Video” bosh direktori, Mixail Gutseriyevning jiyani Bilan Ujaxov (45 mln dollar).
O‘tgan yilgi reytingga ko‘ra, ushbu oilaga 9,91 mlrd dollar tegishli bo‘lgan. Joriy yilda Gutseriyevlar oilasini Mixail Shishxanov tark etgan. U o‘zi bilan birga “Binbank”ni, “Russneft”ning va “A101” qurilish kompaniyasining 49 foiz aksiyalarini olib ketgan. Gutseriyevlar oilasi aktivlarni yo‘qotganiga qaramay, reytingda yetakchi o‘rinni saqlab qolgan.
2-o‘rinni 4,85 mlrd dollarga ega Rotenberglar oilasi egallagan: “Yavara-Neva” klubi bosh direktori Arkadiy Rotenberg (2,5 mlrd ddollar), “SMP bank” direktorlar kengashi a'zosi Boris Rotenberg (1,2 mlrd dollar), "EnViPi Injiniring" direktorlar kengashi raisi Igor Rotenberg (800 mln dollar), Arkadiy Rotenbergning qizi Liliya (300 mln dollar).
3-o‘rinni 3,14 mlrd dollarga ega Gapontsevlar oilasi egallagan: “IPG Photonics” bosh direktori va direktorlar kengashi raisi Valentin Gapontsev (2,9 mlrd dollar) va uning o‘g‘li, sarmoyachi Denis Gapontsev (240 mln dollar).
4-o‘rinni Tataristonning sobiq prezidentining o‘g‘li, “Tatavtodor” bosh direktori Ayrat Shaymiyev boshchiligidagi Shaymiyevlar oilasi 4,28 mlrd dollar bilan egallamoqda.
5-o‘ringa “Kafijat Kft” boshqaruvi a'zosi Mekdet Raximkulovning oilasi qo‘yilgan (1,7 mlrd dollar).
6-o‘rinni “ReSO” guruhini bildiruvchi aka-uka Sergey va Nikolay Sarkisovlar (1,5 mlrd dollar) egallagan.
7-o‘rinni “Rossiya” banki egalaridan biri Nikolay Shamalovning oilasi 1,47 mlrd dollarlik boylik bilan egallagan.
8-o‘rinni “Gruppa Alyans” prezidenti Musa Bajayev boshchiligidagi Bajayevlar oilasi egallagan (1,41 mlrd dollar).
9-o‘rinni Ziyavudin Magomedov va uning ukasi Magomed (“Summa” va “Kardo Alyans” guruhlari) egallagan. Ular 1,4 mlrd dollarga ega.
Yetakchi o‘ntalikning oxirgi o‘rnini “Gruppa Koks” asoschisi, marhum Boris Zubitskiyning vorislari Zubitskiylar oilasi 1,4 mlrd dollarlik boylik bilan egallagan.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026