Jamiyat | 15:23 / 06.09.2018
22130
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida qiymati 72 mln so‘mlik somon o‘ramlarini yoqib yuborishdi

Foto: IIV axborot xizmati

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi F.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 24 avgust kuni noma'lum shaxs, uning uyi orqa tomonida turgan, umumiy qiymati 72 mln so‘mlik 6000 dona somon o‘ramlarini yoqib yuborib, voqea joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Ubayt” mahallasida yashovchilar A.A. va M.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid