Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Full Harvest - “Chiroyli bo‘lmagan” sabzavotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi startap
Full Harvest fermerlarga “jozibador” bo‘lmagan meva hamda sabzavotlarini oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilariga sotishda yordam beradi. Ushbu startap 8,5 million dollar jalb etdi, deya yozdi Techcrunch.
SparkCapital, CultivianSandboxVentures, WireframeVentures va boshqa kompaniyalar loyiha investoriga aylanishdi. Full Harvest bu b2b-(business to business) savdo maydonchasi bo‘lib, fermer va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi.
Platforma “noto‘g‘ri” shakli tufayli do‘konlarga qo‘yilmaydigan va yo‘q qilinadigan sabzavot va mevalarni sotishda yordam beradi.
Kompaniya 2015 yildan beri faoliyat yuritmoqda. U oziq-ovqat va logistika sohasida 10 yilga yaqin faoliyat yuritgan tadbirkor Kristina Mozli (Christine Moseley) tomonidan ishga tushirilgan. Loyihaga kiritilgan avvalgi investitsiyalar 2 million dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
10:00 / 09.06.2026
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
16:04 / 20.01.2026