Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada bo‘ldi
Joriy yilning 5-6 sentabr kunlari Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Germaniya davlatida bo‘ldi.
Rasmiy tashrif davomida delegatsiya a'zolari Visbaden shahridagi silikat g‘isht ishlab chiqaruvchi “LASKO” korxonasida jarayon bilan tanishishdi. Quyosh energiyasi sohasida uskunalar ishlab chiqaruvchi “Visprion EPC GmbH&Co. KG” kompaniyasi mutasaddilari bilan muloqotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, Saksoniya federal yeri Bosh vaziri janob Mixael Krechmer bilan uchrashuv, Germaniyada ta'lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ham suhbat o‘tkazildi. Mazkur jarayonlar davomida eksport, investitsiya, turizm, meditsina yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Viloyat delegatsiyasi vakillari Drezden va Maysen shaharlarining qator ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lishdi hamda soha vakillari bilan har tomonlama manfaatli kelishuvlar imzolashdi.
Mavzuga oid
14:04
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026