Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda mevali daraxtlar ekishni ko‘paytirish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Andijon viloyatini ko‘kalamzorlashtirishda mevali daraxtlar ekishni ko‘paytirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“Yurtimizda shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratiladi. Viloyatimizning har bir qarich yeridan unumli foydalanish maqsadida xorijdan keltirilayotgan manzarali daraxtlar o‘rniga barcha tuman markazlari, istirohat bog‘lari, yo‘l bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, ming yillardan buyon yurtimiz iqlim sharoitiga moslashib bo‘lgan o‘rik, gilos, olcha, olma, tut, uzum kabi mevali daraxtlarni ekishni taklif etaman. Iqlim sharoitiga moslashtirib ekilgan mevali ko‘chatlardan olinadigan hosilning daromadlarini agarda hisob-kitob qilsa, viloyatimiz byudjyetiga ham yaxshi foyda olib keladi. Eksport va qayta ishlash sanoati rivojiga ham ijobiy turtki bo‘ladi”, - deyiladi murojaatda.
“Yaponiyada sakura, ya'ni olcha gullagan davrda turistlarni mamlakatga jalb qilish uchun reklama kuchayadi. Olcha gulini ko‘rish uchun xorijdan ham turistlar keladi. Bizda ham mevali daraxtlarning gullagan va hosil tukkan davri, mevasi pishgan, uni terib olish paytlarini reklama qilib, viloyatimizga turistlarni jalb qilish mumkin”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
17:32 / 03.03.2026
Andijonda ta’lim mansabdorlari qimor o‘ynayotganda ushlangan
12:53 / 24.02.2026
Andijon viloyatida infratuzilma loyihalari moliyalashtirilishi kuchaytiriladi
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
09:19 / 14.02.2026